• Kirish

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

  • 2024-02-16
  • 1642
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

     Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institutning xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan tor doirada yigʻilish oʻtkazdi.

     Unda talabalarni oʻqitish tizimini isloh qilib, kafedralarda xorijlik professor-oʻqituvchilarning darslarini tashkil etish talabi qoʻyildi.  Shuningdek, institut taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimiga xorijlik professor-oʻqituvchilarning darslarini tahliliy oʻrganish, zoom platformasi orqali onlayn tashkil etilayotgan maʼruzalarda ishtirok etish vazifasi topshirildi. 

     Sanʼatshunoslik yoʻnalishi misolida xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish, institutda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda oʻquv-qoʻllanma va darsliklar yozish muhim ekanligi qayd etildi.

     Institutimizning chet ellik hamkorlar uchun jozibadorligini oshirish, xususan, uning web sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yanada yaxshilash, sifatli va saviyali kontent yaratish boʻyicha alohida koʻrsatmalar berildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING