Samarqand davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida biologiya fan olimpiadasining institut bosqichi o‘tkazildi.

  • 2025-11-22
  • 5723

Olimpiada 3 bosqichda tashkil etildi:

 1️⃣30 ta test topshirig‘i — 60 daqiqa.
 2️⃣Vaziyatli masala — 2 akademik soat davomida aniq va asosli yechim taqdim etish.
 3️⃣Laboratoriya mashg‘uloti — 15 daqiqa ichida topshiriqni to‘g‘ri bajarish.

📊 Musobaqada 100 dan ortiq talaba qatnashdi. 

Yakuniy natijalar:

🥇 Raimova Malika
🥈 Subxonberdiyev Firdavs
🥉 Jo‘liboyeva Dinora

✨ Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabamiz 12–13-dekabr kunlari Termizda bo‘lib o‘tadigan respublika biologiya olimpiadasida institutimiz sharafini himoya qiladi.

🎁 Tadbir yakunida g‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post