- 2025-11-29
- 5715
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga muvaffaqiyat tiladi.
Dastlab Turabova Sevara Kattaqulovnaning “Talabalarda ilmiy bahs yuritish madaniyatini rivojlantirishning mantiqiy-gnoseologik tahlili” mavzusidagi, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligidan falsafa fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi tinglandi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi masala — Ulug‘murodov Elyor Saydulloyevichning “Islom falsafasida ontologik va gnoseologik qarashlar tahlili” mavzusidagi, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligidan falsafa fanlari doktori (DSc) darajasiga nomzod dissertatsiyasi himoyasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida har ikki dissertantning ilmiy ishlari Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ma’qullanib, ularning himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
