- 2026-01-04
- 5998
SamDPI— bir jamoa, bir sayohat!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmonining 5-bandiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Amirsoy va Chimyon dam olish maskanlari, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tasarrufidagi dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat ichki turizmni rivojlantirish, dam olish kunlarini unumli va maroqli o‘tkazish, shuningdek, jamoaning ma’naviy hordiq chiqarishini ta’minlab, kelgusi ish jarayonlarida ishchanlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.







Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
