- 2026-01-16
- 5433
Fuqarolar va talabalar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tomonidan haftaning har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar va talabalar qabuli doirasida bugun navbatdagi qabul tashkil etildi. Mazkur qabulda fuqarolar hamda institut rektorining rasmiy telegram platformasidagi @samdpirektor_bot orqali murojaat yo‘llagan talabalar ishtirok etdi.
Qabul jarayonida murojaatchilar tomonidan bildirilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa belgilangan tartibda tegishli mas’ul bo‘lim va mutaxassislarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
