Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etib, census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tdim.

  • 2026-01-17
  • 5584

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli institut jamoasi!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — mamlakatimiz taraqqiyoti, hududlarni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda puxta rejalashtirish hamda uzoq muddatli strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etuvchi dolzarb siyosiy-ijtimoiy jarayondir.

Mazkur jarayon orqali jamiyatimizning real ehtiyojlari, demografik holati va qishloq xo‘jaligi salohiyati aniqlanib, kelajak taraqqiyotimiz uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Bu esa jannatmakon yurtimizning barqaror rivoji, xalqimiz farovonligi va bag‘rikeng jamiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Barchangizni ushbu muhim jarayonda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga, birgalikda mas’uliyat bilan ishtirok etishga chorlayman.

Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni bunyod etamiz!

Shahzoda Negmatova
O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati,
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

Tags
Share This Post