- 2026-01-19
- 5718
SamDPIda obodonlashtirish va infratuzilma holati rektor rahbarligida ko‘zdan kechirildi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun institut rahbari tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda yaqinda ta’mirdan chiqarilgan ijtimoiy va xo‘jalik ob’yektlari holati ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida institutning o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarining yerto‘lalari ham atroflicha o‘rganildi. Xususan, Aniq va amaliy fanlar fakulteti o‘quv binosi yerto‘lasini tartibga keltirish, mazkur hududda talabalar uchun kompyuter xonalari, o‘quv hamda til to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, ishchi apparat yig‘ilishida belgilanganidek, haftaning har dushanba kuni institut hududida obodonlashtirish ishlari holatini o‘rganish, qurilish jarayonlari hamda ijtimoiy va xo‘jalik ob’yektlarini ko‘zdan kechirish kuni etib belgilangan.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
