Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat — barkamol avlod tarbiyasining muhim omili

  • 2026-01-21
  • 5887
Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat — barkamol avlod tarbiyasining muhim omili
Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat — barkamol avlod tarbiyasining muhim omili

Samarqand davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darslari” izchil davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent O‘ktam Mirzayev tomonidan olib borildi.
Darsda talabalarga ma’naviyat, axloq va mehr-oqibatning jamiyat va shaxs kamolotidagi o‘rni keng yoritilib, insoniylik, o‘zaro hurmat hamda ijtimoiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati yuqori ekani ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post