Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar!

  • 2026-01-27
  • 6425
Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar!

Bugungi globallashuv va jadal taraqqiyot sharoitida ta’lim sifati, ilm-fan rivoji hamda intellektual salohiyatni yuksaltirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda oliy ta’lim tizimini zamon talablari asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida umummilliy so‘rovnoma tashkil etilmoqda. Ushbu so‘rovnoma professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ta’lim sifatini yanada oshirish, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur so‘rovnoma nazorat yoki tekshiruv xarakteriga ega emas. Aksincha, u oliy ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim tahliliy jarayon bo‘lib, anonim tarzda o‘tkaziladi hamda ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari to‘liq himoyalanadi.
Shu munosabat bilan, Samarqand davlat pedagogika institutining barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlayman.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://survey.hemis.uz/

Unutmang, Siz bildirgan har bir fikr va taklif institutimiz nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda kelajak avlod uchun yanada zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

Tags
Share This Post