- 2026-01-28
- 5707
Hurmatli olimpiada sovrindorlari!
Aziz talaba-yoshlar!
Sizlarni Buxoroda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari — “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO–2026)” doirasida erishilgan yuksak natijalar bilan samimiy tabriklayman!
Xalqaro miqyosdagi ushbu bilimlar bellashuvida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sizlarning chuqur bilim, puxta tayyorgarlik, qat’iyat va intiluvchanlik kabi yuksak fazilatlaringiz natijasi ekanini alohida ta’kidlash lozim. Sizlar ushbu natijalar orqali nafaqat institutimiz, balki yurtimiz yoshlarining xalqaro miqyosda raqobatbardosh ekanini yana bir bor isbotladingiz.
Shu o‘rinda sizlarning muvaffaqiyatlaringiz ortida doimo yoningizda bo‘lib, bilim bergan ustozlaringiz hamda mehr va tarbiya bilan qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onalaringizning hissasi borligini e’tirof etaman va ularga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga kelgusida ham ilm-fan yo‘lida yanada katta yutuqlar va yangi zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor
