- 2026-02-11
- 5793
Shahzoda Negmatova “SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari xalqaro forumida ishtirok etdi.
11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “SheSCIENCE 2026” forumi o‘tkazildi. Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 200 nafarga yaqin olima ayollar qatnashdi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi. Forumda ayol olimalarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda TWAS hamkorligida tashkil etildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
