Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

  • 2026-02-14
  • 5516
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Seminarda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi hamda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokama qilindi.
Dastlab Ashurov Maxmud Shaxobovichning “Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Boltayeva Hulkar Mardonqul qizining “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining 4K modeliga asoslangan o‘rgatish usullarini takomillashtirish (Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fani misolida)” mavzusidagi ilmiy ishi muhokama etildi.
Muhokamalar savol-javoblar, ilmiy tahlillar hamda asosli takliflar asosida olib borildi. Seminar ishtirokchilari dissertatsiya ishlariga doir zarur tavsiyalar va ilmiy xulosalarni bildirdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post