• Kirish

Finlandiyaning Turku universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

  • 2024-05-27
  • 1666
Finlandiyaning Turku universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

2024-yilning 28-mart kuni institut rektori Shahzoda Negmatova Turku universiteti bosh menejeri Ari Koski bilan ikki OTM o'rtasidagi keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi. (https://t.me/UzFiPI/13135)

Bugun ushbu kelishuv doirasida O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Komil Kuliyev, professor-o'qituvchilar Iroda O'tayeva hamda Nigina G'ulomovalar Turku universiteti bosh menejeri Ari Koski hamda ta'lim eksperti Kristina Heikkila bilan uchrashdi. 

O'zaro muloqot davomida Finlandiya oliy ta'limidagi o'quv dasturlari yo'nalishlar kesimida muhokama qilindi.

Kelgusida fin oliy ta'lim tizimidagi o'quv dasturlari to'laligicha tahlil etilib, institutimizda qo'llash mumkin bo'lgan jihatlari joriy etilishi kutilmoqda.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING