• Kirish

Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • 2024-08-19
  • 6535
Janubiy Koreyaning Keimyung kollej universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Janubiy Koreyaning Keimyung College University ta'lim muassasasi prorektori, professor Lee Sang Seog boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida bo'lib, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Akbar Safarov va xalqaro hamkorlik bo'limi mudiri Mahmud Jumayev bilan uchrashuv o'tkazdi.

O'zaro muloqot davomida ikki tomonlama ilmiy pedagogik aloqalarni rivojlantirish, xususan, maktabgacha ta'limda hamkorlikni kengaytirish, bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun 3+1 dasturini ishlab chiqish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish masalalari o'zaro muhokama qilindi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING