• Kirish

Filologiya fakulteti

FAKULTET TARIXI 
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga Finlandiyaning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi.
   Fakultet Respublikamizning ta’lim tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilik qilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, respublikamizda ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar ta’lim sohalari uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, maktab oʻqituvchilarining mahoratini oshirishga yaqindan koʻmak berib kelmoqda.
   O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Filologiya” fakulteti 2021-yil “Xorijiy tillar va gumanitar fanlar” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2023-yil “Filologiya” fakulteti nomi bilan qayta tashkil etildi. 
2021-2022-o’quv yilida fakultetda dotsent Abdullayeva Albina Suratovna, 2022-2023-oʻquv yilida dotsent Normoʻminov Sherzod Toʻychiyevich dekan lavozimida faoliyat olib borishgan.
2023-yil 30-avgustdan dotsent Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
 Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:
“Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi
“Xorijiy tillar” kafedrasi
Filologiya fakultetida uchta ta’lim yo‘nalishlari mavjud: 
O‘zbek tili va adabiyoti
O‘zga tilli guruhlarda rus tili 
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili